Qabulda shaffoflik ta’minlanadi
Farg‘ona davlat texnika universiteti 2026-2027 o‘quv yili uchun universitetning 52 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga 5500 dan ziyod abituriyentlarni qabul qiladi. Shundan 3950 nafari kunduzgi ta’lim shaklida bo‘ladi. Bundan tashqari 48 ta magistratura mutaxassisliklarida 445 nafar yoshlar o‘qishga kirishi mumkin.
Bu raqamlar Farg‘ona davlat texnika universitetida bo‘lib o‘tgan “Ochiq eshiklar” doirasidagi matbuot anjumanida aytildi. Unda universitet rahbariyati tomonidan qabulning ustuvor yo‘nalishlari, yangi ta’lim imkoniyatlari, qabul kvotalari hamda qabul jarayonida shaffoflikni ta’minlash yuzasidan amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berildi.


– Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qabul jarayonlarining birinchi bosqichini yakunladik. Keyingi vazifa magistratura, ikkinchi mutaxassislik yo‘nalishida ta’lim oluvchilar, xorijdan o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lganlar bilan ishlash, – deydi mas’ul kotib Azizxon Xo‘jayev. – Farg‘ona davlat texnika universitetida qabul jarayonlari har tomonlama shaffof, ochiqlik bilan tashkil etilmoqda. Buning uchun maslahat markazlari faoliyati yuritilmoqda. Ro‘yxatdan o‘ta olmagan abituriyentlarimiz hujjatlari bilan bu yerga kelib ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin bo‘ladi.


Matbuot anjumani ishtirokchilari sun’iy intellekt laboratoriyasi va Axborot – resurs markazi bilan ham tanishdi. Shuningdek, ularga “Airoinjinering” texnoparki faoliyati, u yerda qishloq xo‘jaligi uchun ishlab chiqariladigan dronlar haqidagi ma’lumotlar ham berildi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/oh2YeMFKk20" title="Qabulda shaffoflik ta’minlanadi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhammadjon Obidov, Elyor Olimov (video), O‘zA