Putin va Antoniu Guterresh muhokamasi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin va BMT bosh kotibi Antoniu Guterresh koronavirus pandemiyasiga qarshi jamoaviy kurash choralarini kuchaytirish masalalarini muhokama qildi, deyiladi Kremlning matbuot xizmati xabarida.
Ta’kidlanishicha, BMT bosh kotibining Moskvaga tashrifi doirasidagi mazkur muloqot videoaloqa tarzida bo‘lib o‘tgan. “Muloqot davomida pandemiyaga qarshi jamoaviy kurashning muhimligi qayd etildi. Rossiya tomoni vaksinatsiya va bu xavfli kasallikni davolash bo‘yicha BMT va uning tuzilmalari bilan mustahkam hamkorlik o‘rnatgan holda ish olib borishga tayyorligini bayon qildi”, deyiladi ma’lumotda.