Pronin Roman Olegovich psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Yosh va kasbiy ko‘nikmalarning vizual illyuziyalarni idrok etishga ta’siri” mavzusida
Pronin Roman Olegovichning 19.00.01 – Psixologiya tarixi. Shaxs psixologiyasi. Umumiy psixologiya ixtisosligi bo‘yicha “Yosh va kasbiy ko‘nikmalarning vizual illyuziyalarni idrok etishga ta’siri” mavzusidagi psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi PhD.03/30.12.2021.P.01.07 raqamli Ilmiy kengashning 2024 yil 22 iyul kuni soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: Toshkent shahri, Universitet ko‘chasi, 4-uy. O‘zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti binosi, 4-qavat 409-xona.
Tel.: (0-37) 246-67-72
e-mail: nauka@nuuz.uz