Prezidentning madaniyat va san’at sohasi xodimlari bilan uchrashuvi boshlandi
Tadbirda milliy adabiyotimiz, madaniyat va san’atimiz faxri bo‘lgan shoir va yozuvchilar, aktyor, dramaturg va rejissyorlar, qo‘shiqchi, sozanda va kompozitorlar, rassom, haykaltarosh va hunarmandlar, san’atshunos olimlar ishtirok etmoqda.
— Davlatni iqtisod ko‘taradi, qonun boshqaradi, armiya himoya qiladi. Lekin qaysi mamlakat adabiyot va madaniyatga e’tibor bersa, kelajagi mustahkam bo‘ladi. Qaysi jamiyat ijod va san’atni qadrlasa, o‘sha xalqning ma’naviy immuniteti kuchli bo‘ladi.
Bitta yaxshi asar, ta’sirchan qo‘shiq millatning ruhini ko‘taradi, birgina spektakl jamiyatning tafakkurini uyg‘otadi, kinodagi bir obraz butun avlodning qarashini o‘zgartiradi, – dedi Prezidentimiz.
O‘zA