Prezidentimiz intervyusi yoshlar orasida targ‘ib qilinmoqda
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Axborot-kutubxona markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Yangi O‘zbekiston” gazetasida e’lon qilingan “Yangi O‘zbekiston demokratik o‘zgarishlar, keng imkoniyatlar va amaliy ishlar mamlakatiga aylanmoqda” nomli interv’yusining mazmun-mohiyatini yoshlar orasida targ‘ib qilish maqsadida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Ӯzbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda partiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi bo‘limi boshlig‘i, Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat kӯrsatgan yurist X.Kabulov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi qoshidagi «Ma’rifat» targ‘ibotchilar jamiyatining Koraqalpog‘iston Respublikasidagi a’zosi, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Sh.Ayapov davlatimiz rahbari interv’yusining mazmun-mohiyatiga tӯxtaldi.

Ta’kidlanganidek, Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning bevosita rahbarligida, keyingi besh yil davomida mamlakatimizda amalga oshirilgan keng kӯlamdagi demokratik o‘zgarishlar natijasida “Yangi O‘zbekiston” degan tushuncha real voqelikka aylanmoqda.
Davlatimiz rahbari ana shu ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning tashabbuskori va ularning markazida turgan islohotchi rahbar sifatida xalqimiz hamda jahon hamjamiyati tomonidan tan olindi. Interv’yuda qayd etilganidek, shu ma’noda, bugungi kunda butun xalqimizning qalbidan chuqur joy olgan, umummilliy harakatga aylanib borayotgan “Yangi O‘zbekiston” g‘oyasi zamirida ana shunday ulug‘ ajdodlarimiz, umuman olganda, milliy tariximizda Birinchi va Ikkinchi uyg‘onish davrlariga asos solgan alloma bobolarimizning orzu-intilishlari va armonlari ham mujassam, desak, adashmagan bo‘lamiz.
Dovud ABIBULLAEV, O‘zA