Prezident Yaponiyada qahramonlik ko‘rsatgan chempionlarimiz nomini birma-bir tilga oldi
Prezident Shavkat Mirziyoyev ikkinchi bor o‘tkazilayotgan Prezident Olimpiadasining ochilish marosimida ishtirok etmoqda.
Yaponiyada o‘tgan XX yozgi Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza – jami 70 ta medal bilan umumjamoa hisobida beshinchi o‘rinni egalladi.
Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev dast ko‘tarishda 197 kilogramm natija qayd etib, jahon rekordini yangiladi. Bokschi Abdumalik Xalokov, yengil atletikachi Sharifa Davronova ikki karra, badiiy gimnastikachi Taxmina Ikromova esa uch karra chempion bo‘ldi.
Dzyudochi Muzaffar To‘raboyev finalda musobaqa mezboni vakilini yengib, oltin medalni qo‘lga kiritdi. O‘tkir Jo‘rayev sport gimnastikasining tayanib sakrash yo‘nalishida yurtimizning Osiyo o‘yinlaridagi ilk oltin medalini olib keldi.
Prezidentimiz bunday natijalar har qanday marraga erishish mumkinligiga ishonch uyg‘otishini qayd etdi.
O‘zA