Prezident Xorazmda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi, 1-bosqich talabalari uchun turar joy, Yaqin qarindoshlar uchun cheklovlar bekor qilinadi - Qisqa xabarlar
Yurtimiz hayotiga oid hodisa va voqealar tafsitoli "Qisqa xabarlar" dasturida
- Prezidentning Xorazmda tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Milliy brendini yaratganlar 300 tadan oshgani ma’lum qilindi.
- Yaqin qarindoshlar uchun cheklovlar bekor qilinadi. Qonun loyihasida fuqarolarni yashash va turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibini soddalashtirish, jumladan, oila a’zolari, ijarada yoki yotoqxonada yashovchi talabalar uchun uy-joy maydoni me’yori bo‘yicha cheklovlarni bekor qilish hamda ipoteka yoki garovdagi uylarga bank roziligisiz ro‘yxatga turishga ruxsat berish ko‘zda tutilgan.
- Prokuratura organlari tomonidan tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilgan nazorat tadbirlari natijasida 14 mingdan ortiq tadbirkorning muammolari hal etilib, 4,5 mingdan ziyodining buzilgan huquqlari tiklandi.
- Oliy ta’lim muassasalariga kirgan 1-bosqich talabalari uchun talabalar turar joyiga (TTJ) joylashish bo‘yicha arizalar qabuli 18-avgustdan e’tiboran Davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz portali orqali yo‘lga qo‘yildi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/nE8pG7c7IqY" title="Prezident tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o`tkazdi, 1-bosqich talabalariga turar joy-Qisqa xabarlar" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Ziyovuddin Nuriddinov,
Yoqub Meliboyev, O‘zA