Prezident taşabbuslari mintaqada xavfsizlikni taʼminlaşga qaratilgan
Parlament quyi palatasidagi ÖzLiDeP fraksiyasining yiğilişida dastlab Prezidentimizning 5–6-noyabr kunlari Ostona şahrida «Aqaba jarayoni» doirasida Markaziy Osiyo davlatlari yetakçilarining uçraşuvidagi iştiroki va unda ilgari surgan taşabbuslarining ahamiyatiga töxtalib ötildi.
Taʼkidlanganidek, sammit doirasida xalqaro va mintaqaviy xavfsizlik, terrorizm va ekstremizmga qarşi kuraşiş, sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivoji bilan boğliq yangi tahdidlarning oldini oliş masalalari muhokama qilindi. Davlatimiz rahbari sunʼiy intellekt imkoniyatlaridan inson manfaatlari yölida foydalaniş, uning xavfsizligini taʼminlaşga qaratilgan «Inson manfaatlari yölida raqamli taraqqiyot» taşabbusini ilgari surdi.
Özbekistonda BMTning Aksilterror boşqarmasi mintaqaviy ofisini oçiş, Islom sivilizatsiyasi markazi negizida «Raqamli davrda jaholatga qarşi maʼrifat» xalqaro dasturini yölga qöyiş takliflari ham mintaqada xavfsizlikni taʼminlaş, yoşlar orasida maʼrifatni keng tarğib etişga qaratilgani bilan ahamiyatli.
Yiğilişda tadbirkorlik subʼektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini sud orqali himoya qilişni kuçaytirişga qaratilgan qonun loyihasi birinçi öqişda körib çiqildi. Unda sud-huquq tizimidagi ayrim huquqiy böşliqlarni bartaraf etiş va tadbirkorlar uçun huquqiy kafolatlarni yanada mustahkamlaş nazarda tutilgan.
Jumladan, tölovga qobiliyatsizlik jarayonida sud boşqaruvçisiga tölanadigan haq miqdorini kamaytiriş, sud hujjatlari ustidan şikoyat qiliş imkoniyatlarini kengaytiriş hamda uşbu jarayonlarning huquqiy tartibini aniqlaştiriş közda tutilgan.
Mazkur özgartişlar, ayniqsa, moliyaviy qiyinçilikka duç kelgan tadbirkorlik subʼektlari va ularning kreditorlari manfaatlarini himoya qilişda muhim ahamiyatga ega. Şuningdek, fuqarolarning sud orqali öz huquqlarini tiklaş imkoniyatlarini kengaytiriş, ortiqça ovoragarçiliklarni kamaytirişga xizmat qiladi.
M.Komilova,
ÖzA