“Prezident sovg‘asi” Navoiyga ham yetib keldi
Har yili Yangi yil bayrami arafasida 3-15 yoshgacha bo‘lgan oilaviy bolalar uylari va Muruvvat uyi tarbiyalanuvchilari, ota-ona qarovisiz qolgan o‘g‘il-qizlar va boquvchisi Vatanimiz tinchligi, sarhadlarimiz osoyishtaligi yo‘lida qurbon bo‘lgan huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari farzandlariga “Prezident sovg‘asi” tarqatiladi.
Joriy yilgi “Prezident sovg‘asi” Navoiyga ham yetib keldi. Unda davlatimiz rahbarining bolalarga yo‘llagan Yangi yil bayrami tabrigi, shirinliklar, o‘quv qurollari, elektron kitob, termos va shaxmat kabi jihozlar bor.


Endi navoiylik bolajonlarga “Prezident sovg‘asi” tantanali ravishda topshiriladi.
A.Bo‘riyev, O‘zA