“Prezident sovg‘asi” bolajonlarni shod etdi
Namangan shahridagi 26-Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga “Prezident sovg‘asi” katta tantana bilan topshirildi.
Maskanda tarbiyalanuvchi 63 nafar o‘g‘il-qizni viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Sh. Abdurazzaqov bayram bilan samimiy qutlab, ularga kelgusi hayoti, o‘qish va izlanishlarida omad va muvaffaqiyat tiladi. Bolajonlarga 20 nomdagi shirinlik, 3 turdagi o‘quv qurollari hamda 2 turdagi jihozlar jamlangan “Prezident sovg‘asi”ni taqdim etdi.



Tarbiyalanuvchilar ijrosidagi betakror kuy-qo‘shiq va raqslar, mittivoylar chiqishi, doira kuyi, “Bo‘g‘irsoq” ertagi asosida sahnalashtirilgan teatr tomoshasi tadbirga o‘zgacha zavq baxsh etdi.
Shuningdek, bugun viloyatning barcha shahar va tumanlaridagi umumta’lim maktablarida ta’lim olayotgan chin yetim o‘quvchilar, ichki ishlar organlari, mudofaa ishlari boshqarmasi, favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, bojxona boshqarmalarining xizmat burchini o‘tash paytida halok bo‘lgan xodimlari farzandlari, “Go‘daklar uyi”da tarbiyalanuvchi bolajonlarga Prezidentning Yangi yil sovg‘alari mahalliy hokimliklar, sektor rahbarlari va keng jamoatchilik vakillari tomonidan yetkazildi.



Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA