Prezident sovgʻalari joʻnatildi
Fotoreportaj
Mamlakatimizning barcha hududlarida Yangi yil bayrami nishonlanayotgan shu kunlarda Mehribonlik va Muruvvat uylari oʻgʻil-qizlari, “SOS – Oʻzbekiston bolalar mahallalari” tarbiyalanuvchilari, ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan, ota-onalari Vatanga xizmat qilish yoʻlida qurbon boʻlgan bolalar uchun Prezident sovgʻalari tayyorlandi.
Oʻquv anjomlari va turli shirinliklardan iborat Prezident sovgʻalari masʼul tashkilotlar tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, barcha viloyatlar va Toshkent shahriga yetkazib beriladi.
