"Prezident olimpiadasi": Bugun boksçilar dam oladi, taekvondoçilar jangga kirişadi
Bugun, 4-noyabr kuni “Prezident olimpiadasi”ning 7 ta yönalişida bahslar ötkaziladi. Eʼtiborli jihati, bugun boksçilar uçun dam oliş kuni sifatida belgilangan bölsa, taekvondoçilar dastlabki janglarda kuç sinaşadi.
Poytaxtimizdagi “Olimpiya şaharçasi”, Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlaş markazi hamda Çirçiqdagi Özbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti sport majmualarida davom etayotgan “Prezident olimpiadasi”ning ortda qolgan sakkizinçi musobaqalar kuni sarhisobiga köra, Samarqand viloyati jamoasi 19 ta oltin, 14 ta kumuş va 13 ta bronza medali bilan umumjamoada yetakçilikni davom ettirmoqda.

Keça ötkazilgan musobaqalar davomida erkin kuraş, ayollar kuraşi, tennis, para suziş, para pauerlifting, badiiy gimnastika, badminton yönalişlarida “Prezident olimpiadasi” sovrindorlari nomi maʼlum böldi.

Velosportning trek yönalişi böyiça keçgan poygalarda poytaxt jamoasi öğil bolalar, Toşkent viloyati vakillari qiz bolalar musobaqasida ğoliblikka erişdi.
Erkin va ayollar kuraşining şiddatli bellaşuvlarida Temurbek Rayimjonov (Andijon), Habib Abdurahmonov (Farğona), Abdulaziz Ahmadjonov (Farğona), Behruzbek Sobirboyev (Qoraqalpoğiston Respublikasi), Zohidjon Yöldoşboyev (Sirdaryo), Muslima Hojimamatova (Namangan), Dilşoda Davronbekova (Xorazm) çempionlik şohsupasidan joy egalladi.
Musobaqalar 8-noyabrga qadar davom etadi.
Tölqin Röziyev,
ÖzA