Prezident Odil Ahmedov haqida gapirdi
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyevning namanganlik saylovchilar bilan uchrashuvi davom etmoqda.
– Namangan ahlining futbolga bo‘lgan ashaddiy qiziqishini nafaqat mamlakatimizda, balki qo‘shni davlatlarda ham yaxshi bilishadi. “Navbahor”ning ishqibozlari Angliya, Italiya va Fransiya futbol fanatlaridan sira qolishmaydi.
Namanganliklar Odil Ahmedov kabi iste’dodli, vatanparvar futbolchini yetishtirib bergani bilan har qancha faxrlansa, arziydi. O‘ylaymanki, viloyatning shahar va qishloqlarida uning izdoshlari yana ko‘plab topiladi.
Shu bois, “Navbahor” futbol klubi bazasida “Futbol akademiyasi”ni tashkil etib, Davlatobod tumanini sport shaharchasiga aylantirishni rejalashtirayapmiz, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
O‘zA