PRESS-TUR: Toshkentda testlar qayerda va qanday oʻtadi?
Maʼlumki, 2-sentyabrdan boshlab oliy oʻquv yurtlariga kirish uchun test sinovlari boshlanadi.
Maʼlumki, 2-sentyabrdan boshlab oliy oʻquv yurtlariga kirish uchun test sinovlari boshlanadi.
Bu yil oʻzgacha sharoit va vaqtda test sinovlari ochiq maydonlar, bogʻlar va stadionlarda oʻtkazilishi rejalashtirilmoqda.
Ayni jarayonlar boshlanishi oldidan Toshkent shahar hokimligi tomonidan jurnalistlar uchun poytaxtimizdagi test sinovlari oʻtkaziladigan joylar va abituriyentlarga yaratilayotgan sharoitlar bilan tanishtirish maqsadida press-tur tashkil etildi.
Toshkent shahrida test sinovlari 6 ta joyda boʻlib oʻtadi. Ulardan biri Talabalar shaharchasidagi sayilgoh.
Olmazor tumani hokimi oʻrinbosari Husniddin Mamadiyevning aytishicha, bu yerda bir vaqtda 2280 abituriyent imtihon topshira oladi. Ularni 76 kuzatuvchi nazorat qilib boradi.
Noqulay ob-havo sharoitida abituriyentlar uchun ajratilgan oʻrinlarni, daraxtlarning oʻrtasida boʻlgani uchun, yopiq shaklga keltirish imkoni ham mavjud.
Maʼlumot uchun aytish kerak, bu yerda kecha Toshkent shahridagi “D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti” Federal davlat byudjeti oliy taʼlim muassasasi, “MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti” federal davlat avtonom oliy taʼlim muassasasi filiallariga qabul uchun imtihonlar boʻlib oʻtgan.