Poytaxtimizda ITF J3 tennis turniri davom etmoqda
Keyingi yillarda mamlakatimizda «O‘zmilliybank» homiyligida tennis bo‘yicha yoshlar o‘rtasida bir qator xalqaro musobaqalar tashkil etilishi natijasida o‘nlab iste’dodli raketka ustalari katta tennis maydoniga kirib kelmoqda. Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF)ning yoshlar reytingidagi o‘z o‘rinlarini mustahkamlamoqda.
Ayni kunlarda poytaxtimizdagi Olimpiya zaxiralari respublika tennis maktabi kortlarida "ITF J3 World tennis tour" turniri ham ushbu tizimdagi musobaqalardan biridir.
Bahslarda yurtimiz tennischilari bilan birgalikda 10 taga yaqin mamlakat raketka ustalari g‘oliblik uchun kurashmoqda.
Bugungacha musobaqaning yakkalik va juftlik musobaqalarida chorak final bahslari o‘tkazildi.
O‘g‘il bolalar o‘rtasidagi yakkalik o‘yinlar natijasiga ko‘ra, hamyurtimiz Amir Milushev, livanlik Fadi Bidan, ukrainalik Oleg Kolninov, rossiyalik Venedikt Sirikidze yarim finalga yo‘l olgan bo‘lsa, qizlar o‘rtasidagi bahslarda Darya Shadchneva, Kristina Sidorova, Laima Vladson, Valeriya Ganina final bahsi uchun kurash olib borishadi.
Turnirning yakkalik va juftlik o‘yinlaridagi final musobaqalari ertaga tashkil etiladi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA