Portugaliyada yangi Bosh vazir tayinlandi
Portugaliya Prezidenti Marsel-u Rebelu di Souza Sotsial-demokratik partiya raisi Luish Montenegruni mamlakatning yangi Bosh vaziri etib tayinladi.
“Trend” xabariga ko‘ra, Prezident mamlakat parlamentiga saylovda ishtirok etgan va deputatlik mandatlarini olgan partiya va koalitsiyalar vakillari fikrini tinglagan. Yuzaga kelgan holatni inobatga olgan holda, Demokratik Alyans mandat va ovoz soni bo‘yicha Luish Montenegruni hukumat boshlig‘i lavozimiga tayinlashni ma’qulladi.