Portugaliya terma jamoasi kechki mashg‘ulotlarni bekor qildi
Dastlabki turda portugallar Kongo Drga qarshi maydonga tushadi. Bellashuv 17-iyun kuni soat 22:00da start oladi.
Portugaliya terma jamoasi bugunga belgilangan matbuot anjumani va kechki mashg‘ulotlarni bekor qilgani xabar qilinmoqda.
Manbaga ko‘ra, Portugaliya terma jamoasining bunday qarorga kelishiga noqulay ob-havo sharoiti sabab bo‘lgan. Xavfsizlik nuqtayi nazaridan mashg‘ulot va jurnalistlar bilan muloqot bekor qilingan. Portugaliya terma jamoasi jahon chempionatining guruh bosqichida Kolumbiya, O‘zbekiston va Kongo DR bilan kuch sinashadi.
Dastlabki turda portugallar Kongo Drga qarshi maydonga tushadi. Bellashuv 17-iyun kuni soat 22:00da start oladi.