Portugaliya parlamenti tarqatib yuboriladi
Portugaliya davlat kengashi mamlakat parlamentining tarqatib yuborilishini ma’qulladi.
“Respublika rahbarining sayti shunday ma’lumot bermoqda”, deyiladi “REGNUM” xabarida. Shu bilan bog‘liq tarzda mamlakatda muddatidan avval parlament saylovlari bo‘lib o‘tadi.
Ta’kidlanishicha, qaror kengashdagi ko‘pchilik tomonidan qo‘llab-quvvatlagan. 27 oktyabrda Portugaliya parlamenti hukumat taqdim etgan mamlakatning 2022 yilgi byudjeti loyihasini rad qilgandi. Bundan avval mamlakatdagi Kommunistik partiya byudjet loyihasiga qarshi chiqqandi.