Popda 1,5 million tup manzarali daraxt ekiladi
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan ilgari surilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi xayrli tadbir mamlakatimiz bo‘ylab keng quloch yoydi.
Xususan, Namangan viloyati Pop tumani Mirishkor hududida 5 gektar yer maydoniga ega bog‘ga asos solindi.
Namangan viloyat hokimi Shavkat Abdurazzaqov boshchiligida tuman sektorlar rahbarlari, mahalla fuqarolari, nuroniy otaxonlar va bir guruh yoshlar ushbu bog‘ga ko‘chat ekish tadbirini boshlab berdi. Hududga 10 ming tup turli xildagi manzarali ko‘chat ekiladi.
[gallery-4647]
Hasharchilar uchun bayramona dasturxon yozilib, yaratgandan yurtimiz tinchligini va xayrli ishlarni bardavomligini so‘rab duoga qo‘l ochildi. Viloyat san’at namoyondalarining kuy-qo‘shiqlari yangradi.
Ta’kidlash joiz, aksiya doirasida Pop tumanida jami 1,5 million tup manzarali ko‘chat ekish rejalashtirilgan.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA