Polşada Prezident va hukumat özaro kelişmayapti (+video)
Polşada Konstitutsiyaviy tribunal atrofida yuzaga kelgan mojaro mamlakatdagi ikki asosiy siyosiy kuç – Boş vazir Donald Tusk boşçiligidagi “Fuqarolik platformasi” va Yaroslav Kaçinskiyning “Qonun va adolat” partiyasi örtasidagi köp yillik qarama-qarşilik yana avj oldi. Bu haqda VVS xabar qildi.
Konstitutsiyaviy tribunal sudyalarining qonuniy maqomi va tuzilma rahbariyatini şakllantiriş bilan boğliq ziddiyat holatning asosiy sababi sifatida körsatilmoqda.
Bu muammoning ildizi 2015-yilga taqaladi. Öşa payt sudyalarni tayinlaş jarayonida yöl qöyilgan bahsli qaror natijasida tribunalning qonuniyligi va mustaqilligi yuzasidan uzoq davom etgan huquqiy nizo boşlangan.
Joriy mojaro sudya Anna Korvin-Petrovskayaning tribunal raisi Bogdan Svençkovskiy va uning örinbosarini lavozimidan çetlaştiriş töğrisida qaror çiqarişi bilan keskinlaşdi. Prezident Karol Navrotskiy vaziyatga şaxsan aralaşib, tribunal binosiga bordi. Öşa yerda tungi töqnaşuv sodir bölgani haqida xabarlar tarqaldi.
“Qonun va adolat” partiyasi tarafdorlari hodisani “davlat töntarişi” deya baholamoqda. Huquqşunoslar orasida vaziyatga nisbatan turli qaraşlar mavjud.
Aslida, faqat sud tizimi bilan boğliq emasligi taxmin qilinayotgan mazkur qarama-qarşilik Prezident va hukumat örtasidagi hokimiyat vakolati uçun kuraş jarayonini ham aks ettiradi. Navrotskiy hukumat taşabbuslariga nisbatan veto huquqidan faol foydalanmoqda, Tusk tarafdorlari esa tribunal mustaqilligini tiklaş zarurligiga urğu bermoqda.
Mojaroning siyosiy ahamiyati kelasi yil kuzga belgilangan parlament saylovi bilan ham boğliq. Prezidentning faol harakati öng qanot siyosatçilari birlaşişiga turtki berdi. Ayrim kuzatuvçilar Navrotskiyni şu kuçlar yetakçisiga aylanişini faraz qilyapti. Tusk uçun esa vaziyat demokratiya va sud mustaqilligini tiklaş borasidagi hukumat faoliyatini namoyon etiş imkonini ham ifodalaydi.
Umuman, Polşadagi vaziyat oddiy sud-huquq nizosidan köra ança keng. Yaʼni, mamlakatdagi siyosiy kuçlar hokimiyat uçun, sud tizimi mustaqilligi va Konstitutsiya ustuvorligi bilan bevosita boğliq kuraşga jiddiy kirişgan. Agar tomonlar özaro kelişuvga erişa olmasa, siyosiy qarama-qarşilik yanada çuqurlaşib, xalqning huquqiy tizimga işonçi susayişi mumkin.
Kenja Bekjonov, Salimjon Obidjonov (video), ÖzA