Polsha tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv
Varshava shahrida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sherzod Asadov Polsha tashqi ishlar vaziri Zbignev Rau bilan uchrashdi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston – Polsha munosabatining siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi dolzarb jihatlari muhokama qilindi.
Tomonlar ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvining 8-raundi samarali yakunlanganini mamnuniyat bilan qayd etdilar. Mazkur tadbirni o‘tkazish amaliyotini davom ettirish zarurligi ta’kidlandi.
Turli daraja va shaklda bo‘lib o‘tadigan qo‘shma tadbirlar jadvali bo‘yicha fikr almashildi.
Xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar doirasidagi o‘zaro aloqalarni chuqurlashtirishga alohida e’tibor qaratildi.
Muzokara davomida tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.