Polsha Seymi vitse-spikeri bilan uchrashuv
Vazirliklararo maslahatlashuvning navbatdagi bosqichida ishtirok etish uchun Varshava shahriga borgan O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sherzod Asadov boshchiligidagi delegatsiya Polsha Respublikasi Milliy Assambleyasi Seymi (quyi palatasi) vitse-spikeri Pyotr Zgorjelski bilan uchrashdi.
Suhbat davomida O‘zbekiston — Polsha parlamentlararo hamkorligining hozirgi holati va ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Polsha tomoniga O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan, hayotning barcha jabhalarini modernizatsiya qilishga qaratilgan islohotlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Tomonlar O‘zbekiston va Polsha o‘rtasidagi siyosiy muloqotning huquqiy asosini mustahkamlash uchun parlamentlararo aloqalarni yanada rivojlantirish muhimligini ta’kidladilar. Shu nuqtai nazardan ikki mamlakat qonun chiqaruvchi organlari o‘rtasida aloqa o‘rnatish mexanizmi, shuningdek, qo‘shma tadbirlar samaradorligini oshirish yo‘llari ko‘rib chiqildi.
Muzokara chog‘ida umumiy kun tartibining boshqa masalalari bo‘yicha ham fikr almashildi.
O‘zA