Polşa parlamenti vakillari Samarqandda
Mamlakatimizda mehmon bölib turgan Polşa Respublikasi parlamenti quyi palatasi – Seymining iqtisodiyot va rivojlaniş komissiyasi raisi Rafal Komareviç boşçiligidagi delegatsiya Samarqandga taşrif buyurdi.
Mehmonlar dastlab xalq deputatlari Samarqand şahar Kengaşi vakillari bilan uçraşib, özaro tajriba almaşiş, hamkorlik aloqalarini yölga qöyiş yuzasidan fikr almaşdi.
Rafal Komareviç Kiçik Polşa voyevodligi (viloyati) markazi hisoblangan Krakov şahri ham Samarqand kabi tarixiy şahar ekanligi va u yerga yiliga 16 million atrofida xorijlik sayyohlar taşrif buyurişini qayd etib, Samarqand bilan turizm sohasida hamkorlik qiliş, özaro tajriba almaşiş ikki tomon uçun ham manfaatli bölişini taʼkidladi. Şuningdek, oliy öquv yurtlari örtasida professor-öqituvçilar va talabalar almaşinuvini yölga qöyiş, ilmiy sohadagi hamkorlik ham özaro munosabatlarda muhim yönaliş ekanligi aytildi.
– Özbekistonga safar bizga kutganimizdan ham yuqori darajada ötmoqda, – deydi Polşa Respublikasi Seymi iqtisodiyot va rivojlaniş komissiyasi raisi Rafal Komareviç. – Özbekistonliklarning mehmondöstligi alohida eʼtirofga munosib. Insonlarning samimiyligi kişini öziga jalb etadi. Şu bois ham bu yurt bilan döstona aloqalarni rivojlantiriş, hamkorlikni mustahkamlaş har jihatdan zarur deb öylayman.
[gallery-32721]
Taşrif davomida mehmonlar Registon maydonida Samarqanddagi polyak diasporasi vakillari bilan uçraşdi. Uçraşuvda özbek va polyak xalqlari örtasidagi döstlik va hamjihatlik, ikki mamlakatning özaro hamkorlik aloqalari mustahkamlanib borayotganligi alohida taʼkidlandi. Polşa parlamenti vakillarining uşbu taşrifi ham hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantiriş, mustahkamlaşga xizmat qilişi qayd etildi.
Mehmonlar Samarqanddagi tarixiy-madaniy yodgorliklar, diqqatga sazovor maskanlar bilan ham tanişdi.
Ğ.Hasanov, A.Isroilov (surat), ÖzA muxbirlari