Polsha hududida noma’lum havo shari topildi
“RMF FM” radiosi xabar berishicha, Polshaning markaziy qismidan “sirli uchar ob’ekt – elektronika bilan jihozlangan havo shari topilgan.
Ma’lumotga ko‘ra, qurilmada boshqa unsurlar bilan birga integral chizma ham bor.
“Voqea joyida politsiya va ichki xavfsizlik idorasi xodimlari ish olib boryapti, ayni dam shar kimga tegishli ekani va nima uchun bu yerdaligiga izoh berish qiyin”, deyiladi xabarda.
Bahorning so‘nggi kunlarida polshalik harbiylar bir aerostat qidirilayotgani, dastlabki farazga ko‘ra, ob’ekt Belarusdan uchirilgan bo‘lishi mumkinligi haqida xabar tarqatgan edi. O‘sha qurilma topilgani haqida haligacha xabar berilmagan.