Pokiston va Saudiya diplomatik vizani bekor qildi
Nyu-Yorkda o‘tkazilayotgan BMT Bosh Assambleyasi 81-sessiyasi doirasida Pokiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasida muhim kelishuv imzolandi. “Associated Press of Pakistan” xabar berishicha, ushbu hujjat asosida diplomatik, rasmiy va maxsus pasportga ega fuqarolar uchun viza talabi bekor qilindi.
Shartnomani Pokiston Bosh vaziri o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Ishoq Dor hamda Saudiya TIV rahbari shahzoda Faysal bin Farhon imzoladi.
Ta’kidlanishicha, ushbu bitim ikki davlat o‘rtasidagi muloqot va rasmiy tashriflarni sezilarli darajada yengillashtiradi. Shuningdek, strategik sheriklik va qardoshlik aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA