Platini Infantinoni iste’foga chiqishga chaqirdi
Avvalroq FIFA rahbariyatining jahon chempionatlarini tashkil etishga xususiy investitsiyalarni jalb qilish rejalari UEFA, KONKAKAF va OFK tomonidan salbiy qarshi olingani xabar qilingandi.
UEFA sobiq prezidenti Mishel Platini FIFA rahbari Janni Infantinoni keskin tanqid qilib, uni o‘z lavozimini tark etishga chaqirdi.
“Iqtisodiy masalalar — boshqa mavzu. Ammo menimcha, Infantino muvaffaqiyatsizlikka uchradi, chunki u o‘yin qoidalariga rioya etilishining kafolati bo‘lishi kerak. Lekin uning o‘zi qoidalarga amal qilmadi. Reklama tanaffuslari reglamentda yo‘q, finaldagi 30 daqiqalik tanaffus ham reglamentda ko‘zda tutilmagan. Qizil kartochka bilan bog‘liq vaziyat esa eng yomoni bo‘ldi. U qoidalarning kafolati, ammo ularga rioya qilmayapti. Shuning uchun ketishi kerak”, — dedi Platini.
Avvalroq FIFA rahbariyatining jahon chempionatlarini tashkil etishga xususiy investitsiyalarni jalb qilish rejalari UEFA, KONKAKAF va OFK tomonidan salbiy qarshi olingani xabar qilingandi.
Shuningdek, UEFA jahon chempionatlari huquqlarining bir qismini xususiy investorlarga berishga urinish bilan bog‘liq holat yuzasidan Infantino ustidan jinoiy ish qo‘zg‘atilishiga erishish imkoniyatlarini ko‘rib chiqayotgani haqida xabarlar tarqalgan.