Pirotexnika bilan boğliq ayrim jinoyatlar böyiça suriştiruv vakolati bojxona organlariga ötkaziladi
Senatning 21-yalpi majlisida “Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga bojxona sohasidagi huquqbuzarliklarga qarşi kuraşiş mexanizmlarini takomillaştirişga qaratilgan özgartirişlar kiritiş töğrisida”gi qonun körib çiqildi.
Mazkur masala böyiça maʼruza qilgan Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qömitasi raisi Qutbiddin Burhonov mazkur qonun bojxona tölovlarini tölaşdan böyin tovlaganlik uçun javobgarlikni aniqlaştirişga qaratilganini taʼkidladi.
Bojxona organlarining ayrim jinoyatlar böyiça suriştiruv vakolatlarini takomillaştiriş hamda huquqni qöllaş amaliyotini yanada samarali taşkil etiş közda tutilgan.
Maʼlumotlarga köra, 2022-yilda bojxona tölovlarini tölaşdan böyin tovlaş bilan boğliq 162 milliard sömlik 291 ta, 2023-yilda 218 milliard sömlik 207 ta, 2024-yilda esa 247 milliard sömlik 348 ta holat aniqlangan. Bu raqamlar huquqiy mexanizmlarni yanada takomillaştiriş zaruratini körsatadi.

Qonun bilan Jinoyat kodeksining 184-moddasiga bojxona bojlarini tölaşdan böyin tovlaşni ham qamrab oladigan özgartiriş kiritiş nazarda tutilmoqda.
Bu davlat byudjeti manfaatlarini himoya qiliş, qonunbuzarliklar uçun javobgarlikning muqarrarligini taʼminlaş va bojxona tölovlarini qonunga muvofiq tölayotgan tadbirkorlar uçun teng raqobat şaroitlarini mustahkamlaşga xizmat qiladi.

Jinoyat-protsessual kodeksiga kiritilayotgan özgartirişlar orqali pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi bilan boğliq ayrim jinoyatlar böyiça suriştiruv vakolatlarini bojxona organlariga ötkaziş taklif etilmoqda. Bu bojxona sohasidagi huquqbuzarliklarni aniqlaş va ularga protsessual baho beriş jarayonini takomillaştirişga xizmat qiladi.
Senatorlar maʼqullagan qonun bojxona sohasida qonuniylikni mustahkamlaş va halol tadbirkorlik uçun adolatli raqobat muhitini taʼminlaşga xizmat qiladi.
N.Abduraimova,
F.Abdurasulov (surat), ÖzA