Pillachilikni rivojlantirish bo‘yicha seminar
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi hamda O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari uyushmasi hamkorligida Andijon viloyati Marhamat tumanidagi “Ipak ko‘chat klaster” tutchilik xo‘jaligida ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda Respublika ipakchilik sohasini rivojlantirish, pilla xomashyosi ishlab chiqarish hajmlarini oshirish hamda ipak qurti ozuqa bazasini rivojlantirish maqsadida yangi tutchilik xo‘jaliklari sonini oshirish borasidagi ishlar muhokama qilindi.

Seminar ishtirokchilariga Marhamat tumanida barpo etilgan tutchilik xo‘jaligida parvarishlanayotgan noyob tut navlarining xususiyatlari, uni parvarish qilish usullari hamda “In-Vitro” laboratoriyasi tanishtirildi.


Shuningdek, seminar ishtirokchilari Jalaquduq tumanidagi “Harir-tola” pillachilik klasteri faoliyati bilan ham tanishtirildi.
Gulnoza Boboyeva,
O‘zA