PFA APLning 2025/26-yilgi mavsum ramziy terma jamoasini e’lon qildi
Tarkibning asosiy qismini "Arsenal" va "Manchester Siti" futbolchilari tashkil qildi.
Angliya Professional futbolchilar assotsiatsiyasi (PFA) 2025/26-yilgi mavsum yakunlari bo‘yicha Premyer Liganing ramziy terma jamoasini e’lon qildi.
Chempion «Arsenal» eng ko‘p vakilga ega bo‘ldi — London klubining 5 nafar futbolchisi ramziy jamoadan joy oldi. «Manchester Siti»dan 4, «Manchester Yunayted» va «Brentford»dan esa bittadan futbolchi tanlandi.
PFA ramziy terma jamoasi:
Darvozabon: David Raya («Arsenal»).
Himoyachilar: Gabriel («Arsenal»), Vilyam Saliba («Arsenal»), Yurrien Timber («Arsenal»).
Yarim himoyachilar: Deklan Rays («Arsenal»), Niko O’Rayli («Manchester Siti»), Rayan Sherki («Manchester Siti»), Bruno Fernandesh («Manchester Yunayted»).
Hujumchilar: Antuan Semenyo («Manchester Siti»), Erling Holand («Manchester Siti»), Igor Tyago («Brentford»).
Eslatib o‘tamiz, «Arsenal» o‘tgan mavsum yakunida 22 yillik tanaffusdan so‘ng Angliya Premyer Ligasi chempionligini qo‘lga kiritdi.