Petit: “Zidan qayerga borsa, hammasini oltinga aylantiradi”
Zidan kirganida unga boshqacha nigoh bilan qaraysiz.
Fransiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Emmanuel Petit Zinedin Zidanning milliy jamoa bosh murabbiyiga aylanishi mumkinligi haqida fikr bildirdi.
"Bu inson xuddi alkimyogar. U qo‘l urgan har qanday narsa oltinga aylanadi.
Unda xarizma va o‘ziga xos aura bor. Shu tufayli futbolchilarning qalbi va ongiga yo‘l topa oladi. U kiyinish xonasiga kirishi bilan hamma e’tiborini unga qaratadi.
Hatto siz Kilian Mbappe bo‘lsangiz ham, Zidan kirganida unga boshqacha nigoh bilan qaraysiz. U butun Fransiya uchun timsol. Uni dunyoning hamma joyida hurmat qilishadi.
Zidan ko‘p gapiradigan inson emas. Ammo gapirganida futbolchilarga kuchli ta’sir o‘tkaza oladi. U hech qachon o‘zining ishtiyoqini yo‘qotmaydi.
Juda kam sonli murabbiy yoki futbolchi xonaga kirishi bilan muhitni o‘zgartira oladi. Zidanga esa buning uchun gapirish ham shart emas. Uni ortidan hammani ergashtira oladigan haqiqiy yetakchi desa bo‘ladi", — dedi Petit.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Zinedin Zidan JCH–2026 yakunlanganidan so‘ng Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimida Didye Desham o‘rnini egallashi haqida xabarlar tarqalgan edi.