Peruda prezident saylovi bo‘lib o‘tdi
Saylov natijalariga ko‘ra, «Ozod Peru» radikal partiyasi vakili Pedro Kastilo mamlakatning yangi prezidenti etib saylangan.
Mamlakat Markaziy saylov komissiyasi bergan ma’lumotda keltirilishicha, byulletenlarning 99,2 foizidan ko‘prog‘i hisoblab chiqilgach Kastiloga 8 million 800 ming 81 saylovchi (50,198 foiz) ovoz bergani ma’lum bo‘ldi.
Xabarda ta’kidlanishicha, Kastiloning raqibi Xalq hokimiyati partiyasidan Keyko Fuximori 8 million 730 ming 535 ta ovoz (49,802 foiz) olib, saylovda mag‘lub bo‘lgan.