Peru Kolumbiyaga norozilik bildirdi
Peru hukumati axborot agentligi – ANDINA xabar berishicha, ushbu mamlakat Tashqi ishlar vazirligi chorshanba kuni Kolumbiya TIV yuqori lavozimli xizmatchisining Perudagi Loreto mintaqasida joylashgan Isla Santa Rosa manzili bilan bog‘liq bayonotiga norozilik bildirgan.
Kommyunikeda ma’lum qilinishicha, Kolumbiya TIV hududiy suvereniteti departamenti direktorining Amazon daryosi bo‘yida, ikki davlat chegarasida joylashgan orolga egalik huquqi bilan bog‘liq so‘zlariga norozilik bildirish uchun ushbu mamlakat Muvaqqat ishlar vakili Eufrasio Morales Peru TIVga chaqirtirilgan.
Shu orqali Peru hukumati Santa Rosa Isla ustidan suvereniteti va yurisdiksiya huquqini tasdiqladi.
TIV mazkur aholi manzilining demokratik yo‘l bilan saylangan hokimiyatini to‘liq qo‘llab-quvvatlashini bildirgan.
Ta’kidlash joiz, bu hudud Braziliya, Kolumbiya va Peru o‘rtasidagi uch tomonlama chegaradan bir necha metr masofada joylashgan.