Pentagon matbuot kotibi isteʼfo berdi
Uning aytishicha, biroz avvalroq isteʼfoga chiqqan AQSH mudofaa vaziri Jeyms Mettis bilan birga ishlash oʻzi uchun iftixor boʻlgan
Pentagon matbuot kotibi Dana Uayt isteʼfo berdi. Bu haqda u oʻzining Twitterdagi sahifasida maʼlum qilgan.
Uning aytishicha, biroz avvalroq isteʼfoga chiqqan AQSH mudofaa vaziri Jeyms Mettis bilan birga ishlash oʻzi uchun iftixor boʻlgan.
Maʼlumot uchun, avvalroq, AQSH Prezidenti Donald Tramp Suriyadagi qoʻshinlarni chiqarishni eʼlon qilganidan keyin Jeymch Mettis isteʼfo bergandi. Hozirda Pentagon rahbari vazifasini Patrik Shanaxan bajarib turibdi.