Pedagoglar Finlyandiyada malaka oshirmoqda
Shu kunlarda “Toshkent tajribasi” loyihasi doirasida poytaxtlik pedagoglarning Shvetsiya Qirolligi va Finlyandiya Respublikasidagi xorijiy amaliyot va tajriba almashish uchrashuvlari davom etmoqda.
Toshkent shahar hokimligi tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan loyiha doirasida ishtirok etayotgan delegatsiya tarkibini fizika va matematika fanlari bo‘yicha o‘tkazilgan "Hokim sovrini" sovrindorlari va poytaxt maktablarida faoliyat yuritayotgan eng ilg‘or fizika va matematika fanlari o‘qituvchilari tashkil etadi.


Delegatsiya a’zolari Xalqaro reytinglar natijalari tahlili va samaradorlikka erishish mexanizmlari, ta’lim metodlaridan foydalanish: loyiha asosida o‘qitish, amaliy mashg‘ulot, interfaol laboratoriya, inklyuziv ta’lim va tenglik tamoyillari asosida malaka oshirmoqda.

Shuningdek, o‘quvchilarda tadqiqotchilik ko‘nikmalarini shakllantirish, Shvetsiya ta’lim tizimi va o‘qitish maqsadlari bilan tanishdi.
Gulnoza Boboyeva,
O‘zA