"Paxtakor" Iroq terma jamoasi hujumchisi bilan shartnoma imzolaydi
Iraq Football Podcast xabariga ko'ra, taniqli iroqlik forvard payshanba kuni Toshkentga yetib keladi.
Iroq milliy terma jamoasi hujumchisi Aymen Husayn faoliyatini O'zbekistonda davom ettirishi kutilmoqda.
Iraq Football Podcast xabariga ko'ra, taniqli iroqlik forvard payshanba kuni Toshkentga kelib, amaldagi kelishuv shartlarini kelishib oladi va mamlakatimizning grand klubi — "Paxtakor" safiga qo'shiladi.
Tomonlar o'rtasidagi kelishuvga ko'ra, futbolchi bilan 1+1 ko'rinishidagi shartnoma imzolanishi rejalashtirilgan. Uning klubdagi yillik maoshi 1 million dollarni tashkil etadi.
Aymen Husaynning mazkur transferi "Paxtakor"ning Elit Chempionlar ligasidagi o'yinlari oldidan tarkibini sezilarli darajada kuchaytirishi kutilmoqda.