Paxta dalalarida yigʻim-terim avjida
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xoʻjayli tumanida joriy mavsumda 186 fermer xoʻjaligi tomonidan 5 ming 800 gektardan ortiq maydonga hududga mos, serhosil paxta navlari ekildi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xoʻjayli tumanida joriy mavsumda 186 fermer xoʻjaligi tomonidan 5 ming 800 gektardan ortiq maydonga hududga mos, serhosil paxta navlari ekildi.
Tuman paxtakorlari tomonidan davlatga 11 ming 744 tonna oq oltin topshirish belgilangan boʻlib, hozirda koʻzlangan marraning 7 ming 752 tonnasi bajarilgan. Hosili moʻl dalalarda yigʻim-terim ishlari qizgʻin davom etmoqda.
Xoʻjayli tumani hokimligi masʼul xodimlari, muassasa va korxona rahbarlari “Samankoʻl” ovul fuqarolar yigʻini hududidagi paxta dalalarida boʻlib, hasharchilarga paxta terimida koʻmaklashdi.
– Bugun nafaqat faol hasharchilarni moddiy ragʻbatlantirdik, muammolari bilan qiziqdik, balki oʻzimiz ham ularning safida turib puxta terdik, – deydi tuman hokimi J. Yermashev. – Yigʻim-terim mavsumida tumandagi “Amet Uygʻur”, “Quden Qadirbergenov”, “Shukurullayeva Tolgʻanay” kabi fermer xoʻjaliklari faollik koʻrsatmoqda. Hozir ham dalalarda hosilning moʻlligi, 1 kilogramm terilgan paxta uchun 1 ming 100 soʻmdan haq toʻlanayotgani terimchilar ishtiyoqini oshirmoqda. Ilgʻor hasharchilar qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanayotgani ish surʼatining yaxshi boʻlishini taʼminlamoqda.