Patronaj hamshiralarga velosiped topshirildi (+video)
Farg‘ona viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi va O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Farg‘ona viloyati Kengashi tashabbusi bilan kasallikka qarshi kurashish, bemorlar holidan xabar olishni tezkor amalga oshirish maqsadida shahar va tumanlarda faoliyat yuritayotgan 10 ta hududdagi patronaj hamshiralariga velosiped topshirildi.
Mazkur tashabbus birlamchi tizim sifatini yaxshilash, profilaktika tadbirlarining samaradorligini oshirish maqsadida, shuningdek, hududidagi bemorlar holidan vaqtida xabardor bo‘lib turish uchun yo‘lga qo‘yildi.
Mamlakatimizda aholini, xususan, qishloq joylarda patronaj qamrovi sifatini yanada yaxshilash, aholining barcha qatlamiga hamshiralik yordamini samarali ko‘rsatish, tibbiy madaniyatni yuksaltirish kabi ishlarning yangicha mezon va ta’sirchan usullarini joriy etilishi sohadagi islohotlarning ustuvor vazifalaridan biridir.
[gallery-16825]
- Oilaviy poliklinikada ish boshlaganimga 20-yildan oshdi, - deydi Qo‘shtepa tumani ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikaga qarashli Do‘rmon oilaviy shifokor punkti patronaji Ilhomjon Rahmatov. - Poliklinika bilan men xizmat ko‘rsatadigan qishloq orasidagi masofa 10-15 kilometrni tashkil etadi. Ba’zida piyoda kuniga 20 kilometrdan ziyod masofa bosar edim. Endi esa yanada qulay bo‘ldi, velosipedda yuraman. Harakatlanib turishning salomatlik uchun ham foydasi katta. Bu bilan aholiga o‘rnak ham bo‘lamiz.
<iframe width="640" height="360" src="https://www.youtube.com/embed/cjIVHyRM8Tw" title="Patronaj hamshiralarga velosiped topshirildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA fotomuxbiri