Parpiyeva Moxiraxon Inom qizining filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“XX asr Amerika va o‘zbek nasrida qahramon: ruhiyat, xarakter (E.Heminguey va Odil Yoqubov hikoyalari asosida)” mavzusida
Farg‘ona davlat universiteti tadqiqotchisi Parpiyeva Moxiraxon Inom qizining 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha “XX asr Amerika va o‘zbek nasrida qahramon: ruhiyat, xarakter (E.Heminguey va Odil Yoqubov hikoyalari asosida)” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiya himoyasi Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/2026.10.06.Fil.10.09 raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 10-sentabr kuni soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: Farg‘ona shahri, B.Marg‘inoniy ko‘chasi, 105-uy.
Tel.: (99873) 244-57-82
e-mail: info@fdu.uz