Parijda ommaviy tartibsizlik davom etmoqda
Fransiyada bir necha haftadan buyon ommaviy tartibsizlik davom etmoqda.
Fransiyada bir necha haftadan buyon ommaviy tartibsizlik davom etmoqda. Bunday norozilik namoyishlariga mamlakatda 2019 yildan boshlab, dizel yoqilgʻisi narxining 6,5 foizga, benzin narxini esa 2,9 foizga oshirilishi sabab boʻlmoqda, deyiladi lenta.ru xabarida.
Niqob taqqan yoshlardan iborat namoyishchilar Fransiya poytaxti boʻylab hukumatning ushbu qaroriga qarshi tashkil qilingan noroziliklarda ishtirok etmoqda.
Ular shu yoʻl bilan hukumatning neft mahsulotlari uchun qoʻshimcha boj toʻlovlarini joriy etish qaroriga qarshi chiqmoqda.
Fransiya hukumati mamlakatda ekologik vaziyatni tartibga solish, haydovchilarni ekologik xavfsiz transport vositalardan foydalanishga undash maqsadida shunday toʻxtamga kelgani qayd etiladi xabarda.