Paraosiyo o‘yinlaridagi oltin medallarimiz yana 2 taga ko‘paydi
Yaponiya mezbonlik qilayotgan Paraosiyo o‘yinlarining para yengil atletika bo‘yicha bellashuvlarida Madina Muxtorova va Navro‘za Axmatova oltin medallarga sazovor bo‘ldi.
Aniqroq aytadigan bo‘lsak, Madina Muxtorova F40 toifasida yadro uloqtirish bahslarida 9,10 metr natija qayd etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi va Paraosiyo o‘yinlari rekordini o‘rnatdi. Navro‘za Axmatova esa F41 toifasida yadro uloqtirish bahslarida 10,02 metr natija bilan g‘olib chiqib, musobaqa rekordini yangiladi.
Mazkur medallardan so‘ng O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar soni 17 ta oltin, 18 ta kumush va 19 ta bronza, jami 54 taga yetdi. Ayni damda delegatsiyamiz umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA