Paragvay senatori Mbappe bilan mojaro yuzasidan yana bayonot berdi
Avvalroq senator Mbappeni JCH–2026 1/8 finalidan keyin Paragvay milliy terma jamoasi darvozaboni Orlando Xil bilan qo‘l berib ko‘rishmagani uchun keskin tanqid qilgan edi.
Paragvay senatori Selesta Amarilya Kilian Mbappe bilan yuzaga kelgan mojaro bo‘yicha navbatdagi keskin bayonot bilan chiqdi.
"Agar u o‘qishni bilsa, avvalo mening maktubimni o‘qishini tavsiya qilaman. Shuningdek, unga paragvayliklarga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishni maslahat beraman.
Ronaldinyo ham bu yerda qamoqda o‘tirgan (soxta hujjatlar bilan mamlakatga kirishga uringani uchun). Mbappe meni mensimasligi kerak emas. Men uni gender va siyosiy zo‘ravonlik bo‘yicha sudga berishim mumkin. U mendan uzr so‘rashi kerak", — dedi Amarilya.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq senator Mbappeni JCH–2026 1/8 finalidan keyin Paragvay milliy terma jamoasi darvozaboni Orlando Xil bilan qo‘l berib ko‘rishmagani uchun keskin tanqid qilgan edi. Keyinchalik fransiyalik hujumchi bu bayonotga javob qaytargan, shundan so‘ng Amarilya futbolchini qamoq bilan ham tahdid qilgan.