Para kanoechilarimiz munosib kutib olindi
Joriy yilning 3-7 avgust kunlari Kanadaning Galifaks shahrida o‘tkazilgan para kanoe bo‘yicha Jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari yurtimizga qaytib keldi.
Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida ularni Sportni rivojlantirish vazirligi, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston rowing&canoe federatsiyasi rahbariyati, ota-onalar va keng jamoatchilik vakillari tantanali kutib oldi.
Para kanoe bo‘yicha o‘tkazilgan Jahon chempionatining erkaklar o‘rtasidagi VL3 klassida bahs olib borgan Haytmurod Sherqo‘ziyev bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Shuningdek, keskin va murosasiz o‘tgan ayollar o‘rtasida KL3 klassida Shahnoza Mirzayeva beshinchi, ushbu yo‘nalishning erkaklar o‘rtasidagi bahslarda Hasan Qo‘ldoshev yettinchi pog‘onadan joy oldi. VL3 klassida o‘z omadini sinab ko‘rgan Muxlisa Eshmirzayeva marraga oltinchi bo‘lib yetib keldi.
O‘zA