Para dzyudo: jahon chempionatidagi medallarimiz soni 4 taga yetdi
Gruziyaning Tbilisi shahrida para dzyudo bo‘yicha davom etayotgan Jahon chempionatining ikkinchi kunida o‘zbekistonlik para sportchi muvaffaqiyatga erishdi.
Musobaqaning J1 klassida +95 kg vazn toifasida vatanimiz sharafini himoya qilgan Islom To‘xtaboyev murosasiz bellashuvlar yakunida kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, J1 klassida +70 kg vazn toifasida hamyurtimiz Feruza Ergasheva, J1 klassida -60 kg vazn toifasida Uljon Amriyeva, J2 klass -95 kg vazn toifasida Dovurxon Karomatov bronza medallarini qo‘lga kiritdi.
Para dzyudochilarimizning dunyo birinchiligidagi umumiy medallari soni yettitaga yetdi. 1 ta oltin, 1 ta kumush va 5 ta bronza medali.
Musobaqalar davom etmoqda.
T. Ro‘ziyev, O‘zA