Oziq-ovqat mahsulotlari yetkazilmoqda
Shu kunga qadar markazda ish olib borayotgan Call-centre (1197 qisqa raqami)ga 6081 ta murojaat kelib tushdi.
“Oʻzekspomarkaz” binosida joylashgan Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi qoshidagi Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markaziga 6-aprel kunining birinchi yarmida “Oliy neʼmat mahsulot” MCHJ tomonidan 1 tonna oliy navli un, Uchtepa tumani hokimiyati tomonidan 3 tonna makaron, “Oq oltin sladus” MCHJ tomonidan 2600 qadoq shirinlik, “Sofdil servis” MCHJ tomonidan 105 litr yogʻ, “Grand capital” MCHJ tomonidan 800 kg guruch, 3000 dona tuxum, 10 turdagi 100 qadoq oziq-ovqat, “Makiz baraka” MCHJ tomonidan 1980 kg makaron, “Podium Italia”MCHJ tomonidan 16 turdagi 456 quti, jami 11400 kg oziq-ovqat mahsulotlari keltirildi.
Markazda ish olib borayotgan Call-centre (1197 qisqa raqami)ga kelib tushgan, shuningdek, mahalla mutasaddilar tomonidan berilgan maʼlumotlar asosida Toshkent shahridagi 1058 ta ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam taʼminlangan oilalar roʻyxati shakllantirildi hamda “Oʻzbekiston pochtasi” AJ tomonidan tashkil etilgan avtomashinalar yordamida mazkur xonadonlarga yetkazib berildi.
Xususan, kunning ikkinchi yarmida Bektemir tumanidagi 50 ta, Mirobod tumanidagi 88 ta, Olmazor tumanidagi 91 ta, Sergeli tumanidagi 50 ta, Uchtepa tumanidagi 216 ta, Shayxontohur tumanidagi 93 ta, Chilonzor tumanidagi 93 ta, Mirzo Ulugʻbek tumanidagi100 ta, Yunusobod tumanidagi 112 ta, Yashnobod tumanidagi 115ta, Yakkasaroy tumanidagi 50 ta oilaga shu kunga qadar qabul qilingan oziq-ovqat va dori-darmon mahsulotlari yetkazildi.
Shu kunga qadar markazda ish olib borayotgan Call-centre (1197 qisqa raqami)ga 6081 ta murojaat kelib tushdi.