O‘zbekistonning eng kuchli sablyachilari aniqlandi
Toshkent shahrida 17 yoshgacha bo‘lgan qilichbozlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati yakunlandi.
Musobaqaning so‘nggi kunida sablya yo‘nalishi bo‘yicha yakkalik va jamoaviy bahslar o‘tkazildi.

Musobaqaning yakkalik bellashuvlarida Artur Bekjanov va Saidibrohim Alimov oltin hamda kumush medalini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, yarim finalga qadar yetib borgan Sultonbek Ametbekov va Alisher Qobulov bronza medalga sazovor bo‘ldi. Qizlar o‘rtasida esa Sevara G‘aniyeva, Nargiza Utebayeva, Diana Jaksimuratova va Salima Ro‘ziyeva shohsupaga ko‘tarildi.
Jamoaviy bahslarda Qoraqalpog‘iston-1, Toshkent-1, Qoraqalpog‘iston-2 va Qoraqalpog‘iston-3 jamoalari yigitlar orasida g‘olib hamda sovrindorlar qatoridan, Qoraqalpog‘iston-1 va Qoraqalpog‘iston-3 qizlar jamoalari esa 1-2-o‘rindan joy oldi. Jizzax hamda Toshkent-1 jamoasi esa kuchli uchlikni yakunladi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA