O‘zbekistonlik talabalar Baxtar universitetida mehmon bo‘ldi
Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universiteti talabalari Nosir Xisrov nomidagi Baxtar universitetiga tashrif buyurishdi, deb yozmoqda “Xovar” agentligi.
Delegatsiya safari 22 noyabrgacha davom etadi. Mehmonlar oliy ta’lim, fan innovatsiya sohasi bilan bog‘liq masalalarni muhokama qiladi, Xatlon viloyatining diqqatga sazovor madaniy maskanlarini ziyorat qiladi.
“Tojikiston va O‘zbekiston talabalari uchrashuvi mamlakatimizda erishilayotgan yutuqlar, xalqimiz madaniyati bilan tanishish uchun qulay imkoniyat yaratadi, yoshlar dunyoqarashini kengaytiradi”, - deyiladi birodarlarimiz tarqatgan xabarda.