O‘zbekistonlik bokschi “IBF European” kamari uchun jang o‘tkazadi
Boks bo‘yicha 2019-yilgi jahon chempioni, yozgi Osiyo o‘yinlari g‘olibi va qit’a chempioni, hamyurtimiz Mirazizbek Mirzaxalilov navbatdagi jangini joriy yilning 14-avgust kuni Rossiya Federatsiyasining Naberejniye Chelni shahrida o‘tkazadi.
Bir qator jahon chempionlari va sovrindorlari, Olimpiya o‘yinlari ishtirokchilari qatnashayotgan mazkur "IBA.PRO 20" boks oqshomida yurtdoshimiz Mirazizbek Mirzaxalilov ikkinchi o‘ta yengil vazn toifasida rossiyalik Chingiz Natirov bilan “IBF European” kamari uchun 10 raundlik jangda ringga ko‘tariladi.

Shuningdek, mazkur turnirda yurtimiz bokschilaridan Havasbek Asadullayev yarim o‘rta vaznda rossiyalik Sergey Lubkovich bilan, Xalimjon Mamasoliyev birinchi og‘ir vaznda yana bir rossiyalik Yuriy Kashinski bilan to‘qnash keladi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA