O‘zbekistonga eng ko‘p kofe qayerdan import qilinadi?
Ko‘pchiligimiz ertalab nonushta payti bir finjon kofe ichishga o‘rganib qolganmiz. Kimdir sutli, kimdir esa tabiiy qora kofe ichishni xush ko‘radi.
Xo‘sh, aslida O‘zbekistonga kofe ko‘proq qaysi davlatlardan import qilinadi?
Ma’lumotlarga ko‘ra, yurtimizga eng ko‘p kofe Italiyadan import qilinar ekan. Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-oktyabr oylarida O‘zbekiston xorijiy davlatlardan qiymati 2,9 million AQSH dollariga teng bo‘lgan 433 tonna kofe import qilgan.
Kofe importi 2021 yilning mos davri bilan solishtirilganda 152 tonnaga oshgan.
2022 yilning 10 oyida O‘zbekistonga import qilingan kofening eng katta ulushiga ega bo‘lgan davlatlar ro‘yhatida 107,5 tonna bilan Italiya birinchi o‘rinda turibdi. Undan keyingi ro‘yxatda Rossiya – 66,2 tonna, Braziliya – 58,9, Polsha – 45,6, Germaniya – 30 tonna kofe import qilgan.
O‘zA