O‘zbekistonda yangi bank tashkil etildi
Markaziy bankning xabar berishicha, “SMART BANK” AJga bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi Toshkent shahrida “SMART BANK” aksiyadorlik jamiyatini ro‘yxatdan o‘tkazish va unga bank faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Bu bilan mazkur bank O‘zbekistonda faoliyat olib boruvchi 32-bank bo‘ladi.
Avvalroq Markaziy bank “Turkiston bank” va “Hi-Tech Bank” litsenziyasini qaytarib olgandi.
O‘zA