O‘zbekistonda sport, xususan, futbolga qaratilayotgan e’tibor, yaratilayotgan sharoitlar katta yutuqlarga katta zamin bo‘ldi
So‘nggi yillarda joylarda 200 dan ziyod yirik sport inshooti, 4 mingga yaqin xususiy sport klubi ish boshladi. 1,5 mingdan ortiq mahallaga sport maydonchalari qurib berildi. Poytaxtimizda zamonaviy Olimpiya shaharchasi barpo etildi, Yuqori Chirchiqda “Milliy futbol markazi” ishga tushirildi. Har bir viloyatda bittadan professional futbol akademiyasi va futbol maktablari tashkil qilindi.
Bu ishlar hisobiga havaskor futbolchilar soni 5 millionga yetdi, futbol bilan muntazam shug‘ullanuvchilar 1 million 300 mingdan oshdi, professional futbolchilar 17 mingga yetdi.
Eng asosiysi, futbolda korrupsiya va tanish-bilishchilik degan illatlarga barham berildi. Ochiq va shaffof tizim yaratildi. Bu eng iqtidorli yoshlarni, rostakam iste’dodlarni katta maydonga olib chiqdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bilan uchrashuvi davom etmoqda.
O‘zA